Giggz MYUga Mbappe va Jezus mashxur bo'lishidan ancha oldin ularni sotib olishni taklif qilgan

Tolibjon Qosimov
22 dek 2017, 20:59
"Manchester Yunayted" sobiq murabbiyi Rayan Giggz klubga Gabriel Jezus va Kilian Mbappeni ular mashxur bo'lib ulgurmaslaridan oldin taklif qilganini aytib o'tdi.

"Men Gabriel Jezusning o'yinlarini 3 yil oldin kuzatishni boshlaganman. Mbappeni esa to'liq bir yil kuzatib bordim. Biz ularning o'yinlariga skautlar bilan birga yondoshdik.

Shunchaki, ularni olish kerak degan fikr paydo bo'lgan. Bu transferlar taxminan 5 million funtga tushgan bo'lardi yoki keyinchalik ortga ijara asosida qaytarib yuborish mumkin edi", - dedi Giggz "The Times"ga bergan intervyusida.

Jezus 2017 yilning yanvarida "Palmeyras"dan "Manchester Siti"ga o'tdi. Joriy mavsum u Premer-ligada 16 o'yinda maydonga tushdi va 8ta gol urib, 3ta golli pas oshirdi.

Mbappe 2017 yozida "Monako"dan PSJga o'tdi. Joriy mavsum u chempionatda 14ta o'yin o'tkazdi va 8ta gol urib, 8ta golli pas oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports