Giggz: "Gvardiola jamoasi bilan birinchi bahsdan so'ng faoliyatimni yakunlamoqchi edim"

Aslanov Jasurbek
5 dek 2016, 18:14
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggzning so'zlariga ko'ra, u Xosep Gvardiola jamoasi bilan ilk to'qnashuvdan so'ng faoliyatini yakunlamoqchi bo'lgan ekan.

Bu bahs MYU hamda "Barselona" o'rtasidagi Chempionlar ligasi finali (2009) edi.

"Zaxirada o'tirib, ilk marotaba Gvardiola jamoasi bilan uchrashganimda, futboldan ketish haqida o'ylaganman. Bu onni hech qachon unutmayman. MYUning yomon kuni edi, "Barselona" esa juda yaxshi o'ynadi. Futbolchilik faoliyatimni to'xtatish vaqti keldi deb o'yladim. Pep murabbiylarning yangi avlodini boshlab berdi" - deydi Giggz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS