Gidi Kanyuk "Paxtakor" muxlislari bilan xayrlashdi

Alisher
2 avg 2019, 17:03
"Paxtakor"ning isroillik legioneri Gidi Kanyukning klub bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etdi.

Futbolchi bu haqda o'zining "Instagram" sahifasida xabar berdi.

"Paxtakor" bilan tuzgan shartnomam yakuniga etdi. O'zbekistondagi eng katta klubning bir qismi bo'lish imkoniyati taqdim etilganidan xursandman. Men jamoadoshlarimga omad tilayman va klub o'z maqsadlariga erishishida ular o'z hissalarini qo'shishlariga aminman. Shuningdek, Shota Arveladzega men uchun qilgan barcha ishlari uchun alohida rahmat aytaman va men buni qadrlayman. Mening e'tiborim esa keyingi chaqiruvlarga qaratiladi", - deb yozilgan postda.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/gidi_kanuk