Gerta hujumchisi Adrian Ramos yozda Borussiyaga o'tadi

Narzulla Saydullayev
9 apr 2014, 16:15
Yozda Gerta hujumchisi Adrian Ramos Dortmundning Borussiya klubiga o'tishi rasman tasdiqlandi.
Bu haqda Borussiyaning Facebook dagi rasmiy sahifasi xabar berdi. 1 iyul kuni Ramos Yurgen Klopp jamoasiga ko'chib o'tadi.

Oldinroq Ramos Borussiya bilan 3 yillik shartnoma tuzib yiliga 2,8 million evro maosh olishi haqida xabarlar chiqqandi.

Gerta hujumchisi 16ta gol bilan bundesliga to'purarlari orasida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru