Germaniya terma jamoasining bo'lajak o'yinlar uchun tarkibi ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2023, 18:30
Nagelsmann o'z tanlovini amalga oshirdi.

Germaniya Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy sayti bo'lajak o'yinlar uchun terma jamoa tarkibini e'lon qildi. Bundestimda birdaniga 3 nafar debyutant bo'ladi: Robert Andrix ("Bayer"), Kevin Berens ("Union") va Kris Fyurix ("Shtutgart").

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen ("Barselona"), Kevin Trapp ("Ayntraxt"), Bernd Leno ("Fulxem"), Oliver Baumann ("Xoffenxaym").

Himoyachilar: Antonio Ryudiger ("Real"), Malik Tiav ("Milan"), Jonatan Ta ("Bayer"), Mats Xummels, Niklas Zyule (ikkisi – "Borussiya" Dortmund), David Raum ("Leyptsig"), Robin Gosens ("Union").

Yarim himoyachilar va hujumchilar: Joshua Kimmix, Leon Gorecka, Tomas Myuller, Jamol Musiala, Leroy Sane (barchasi – "Bavariya"), Kay Xaverc ("Arsenal"), Niklas Fyullkrug, Yulian Brandt (ikkisi – "Borussiya" Dortmund), Florian Virc, Yonas Xofmann, Robert Andrix (barchasi – "Bayer"), Paskal Gross ("Brayton"), Ilkay Gyundogan ("Barselona"), Kevin Berens ("Union"), Kris Fyurix ("Shtutgart").

Germaniya terma jamoasi 14 oktyabrda AQSH, 18 oktyabrda esa Meksika bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: dfb.de