Germaniya Kubogiga qur'a tashlandi. Super uchrashuv guvohi bo'lamiz

Aslanov Jasurbek
29 okt 2017, 22:44
Bugun Germaniya Kubogining 1/8 final bosqichi juftliklarini aniqlash uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Germaniya Kubogining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasining xabar berishicha, navbatdagi bosqichda quyidagi juftliklar 1/4 finalga chiqish uchun kurash olib borishadi.

"Maync" - "Shtutgart"

"Nyurnberg" - "Volfsburg"

"Bavariya" - "Borussiya" D

"Xaydenxaym" - "Ayntraxt"

"Verder" - "Frayburg"

"Borussiya" M - "Bayer"

"Paderborn" - "Ingolshtadt"

"Shalke-04" - "Kyoln"



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia