Germaniya kubogi. Finalda Niko Kovach boshchiligidagi jamoa "Bavariya"ga qarshi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
19 apr 2018, 08:10
Kecha Germaniya kubogining ikkinchi yarim finali bo'lib o'tdi.

Bir kun avval "Bayer"ni 6:2 hisobida taslim qilgan "Bavariya" ilk finalchiga aylangan edi.

Kecha esa "Shalke-04" va "Ayntraxt F" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi. Unda mehmonlar vakili Yovich tomonidan urilgan yagona gol bahs taqdirini hal qilib berdi - 0:1. 

Final 19 may kuni Berlindagi "Olimpishtadion"da bo'lib o'tadi. 

Qizig'i "Ayntraxt F" bosh murabbiyi Niko Kovach yozda "Bavariya" bosh murabbiyiga aylanadi.


Germaniya kubogi

1/2 final

Shalke-04 – Ayntraxt F 0:1 (0:0, 0:1)
Gol:
0:1 – 75 Yovich.
Shalke-04 – Fermann, Kalidjuri, Naldo, Kerer (Toyxert, 81), Bentaleb, Stambuli, Xarit (Di Santo, 88), Goretcka, Pyaca (Konoplyanka, 52), Shopf, Burgshtaller.
Ayntraxt F –    Gradecki, Abraam, Russ, Villems (da Koshta, 72), Xasebe, Boateng (Gachinovich, 43), Maskarel (Fernandes, 78), Fabian, de Guzman, Volf, Yovich.
Ogohlantirishlar: Xarit (45), Maskarel (70), Yovich (75).
Chetlatish: Fernandes (81).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia