Germaniya kubogi. Finalda myunxenliklarning qo'li baland keldi

5 iyul 2020, 00:55
Germaniya kubogining hal qiluvchi bahsi nihoyasiga etdi.

Finalda "Bavariya" futbolchilari "Bayer"ni ayab o'tirishmadi. Alaba, Gnabri va Levandovskining (dubl) gollariga leverkuzenliklar safida Bender va Xavertc bir martadan javob qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa biroz avval Bundesliga chempionligini tantana qilgan "Bavariya" futbolchilari mamlakat kubogini ham qo'lga kiritishda. Myunxenliklar YCHLda ham zafar quchishni uddalashsa, navbatdagi bor "Trebl"ni rasmiylashtirishlari mumkin. Eslatib o'tamiz, bunga qadar nemis superklubi 2012-2013 yilgi futbol mavsumida "oltin xet-trik" qayd etgandi.

Darvoqe, "Bavariya" Germaniya kubogini 20-bor qo'lga kiritdi.

Bayer – Bavariya 1:4 

4 iyul, 23.00, Olimpiyashtadion

Gollar:

0:1 – 16 Alaba, 0:2 – 24 Gnabri, 0:3 – 59 Levandovski, 1:3 – 63 Bender, 1:4 – 89 Levandovski, 2:4 – 90, penalti Xavertc.

Bayer – Gradecki, Vendell, Bender, Tapsoba, Xavertc, Arangis, Diabi, Baumgartlinger (Demirbay, 46), Beyli (Belarabi, 76), Amiri (Folland, 46), Bender (Vayzer, 82).

Bavariya – Noyer, Pavar, Alaba, Boateng (Lyuka Ernandes, 69), Kimmix, Gnabri (Koutino, 87), Devis, Goretcka, Koman (Perishich, 64), Levandovski, Myuller (Alkantara, 87).

Ogohlantirishlar:

Vendell (28), Levandovski (67).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia