

Birinchi taymda Kingsli Koman dublga erishgan bo'lsa, tanaffusdan keyin Gnabri va Goretcka mezbonlar darvozasini ishg'ol qilishdi. "Fortuna" safida yagona golni Lukebakio penaltidan urdi.
Germaniya chempionati
Fortuna – Bavariya 1:4 (0:2, 1:2)
14 aprel, 18.30, Merkur Shpil-Arena
Gollar: 0:1 – 15 Koman, 0:2 – 41 Koman, 0:3 – 55 Gnabri, 1:3 – 89, penalti Lukebakio, 1:4 – 90 Goretcka.
Fortuna – Renzing, Kaminski, Ayxan, Xoffmann, Shteger, Cimmermann, Barkok, Zobottka (Morales, 67), Raman, Xennings (Lukebakio, 68), Kovnacki (Usami, 80).
Bavariya – Noyer (Ulrayx, 53), Kimmix, Zyule, Alaba, Xummels, Koman, Alkantara, Martines, Gnabri (Xames, 80), Levandovski, Myuller (Goretcka, 70).
Ogohlantirishlar: Ayxan (20).




