Georgi Slavni: “O'zbekiston U – 19 terma jamoasi musobaqa favoriti hisoblanadi”

Narzulla Saydullayev
8 avg 2016, 16:30
Bugun CAFA CUP musobaqasining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ushbu o'yinda Qirg'iziston hamda Afg'oniston U – 19 terma jamoalari final yo'llanmasi uchun kurash olib borishdi.

Bu bellashuvda Qirg'iziston U – 19 terma jamoasining qo'li baland keldi hisob (2:0). Ushbu o'yindan so'ng Qirg'iziston terma jamoasi futbolchisi Georgi Slavni o'yin haqida fikr bildirdi.

-  Uchrashuv juda ham ajoyib tarzda o'tdi. Birinchi bo'limda bizda ko'p vaziyatlar bo'ldi. Afsuski ulardan oqilona foydalana ololmadik. Lekin birinchi bo'limda 2 t gol urib o'yin taqdirini hal qildik, chunki oldimizga qo'yilgan vazifa shundan iborat edi. Ikkinchi bo'limda biroz hotirjam harakat qildik. O'zbekiston U – 19 terma jamoasi musobaqa favoriti hisoblanadi. Ular o'z uyida to'p tepishadi finalda g'alaba qozonishga harakat qilamiz”, - deydi Qirg'iziston terma jamoasi futbolchisi Georgi Slavni.


Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia