Genrix Mxitaryan: “Borussiya”ning g'alaba qozonganidan xursandman”

Tolibjon Qosimov
25 sen 2013, 17:20
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan, jamoasining Germaniya Kubogi 1/16 finali doirasida “Myunxen-1860” klubi ustadan g'alaba qozonganidan xursand ekanligini va bu g'alaba klubning kelasi o'yinlarida ijobiy ta’sir o'tkazishini aytib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, armanistonlik yarim himoyachi bu o'yinda gol urishga muvaffaq bo'lgan.

- Ko'plab golli vaziyatlar yaratdik, lekin bizga omad kulib boqmadi. Biroq Xofmanning ajoyib to'p uzatishidan so'ng hisobni ochishga erishdim. Bu o'yinda gol urganimdan xursandman. Lekin eng muhimi biz g'alaba qozondik, - Mxitaryanning so'zlarini keltiradi bundesliga rasmiy sayti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru