

- Alamli mag'lubiyatga uchradik. Bugun Toshkentda kamida bir ochko bilan qaytishimiz mumkin edi. Qo'pol xato yakunda qimmatga tushdi. Futbolchilarga hech qanday etiroz yo'q.
"Lokomotiv" yetakchi jamoa. Ammo shunga qaramay ulardan ochko olishimiz mumkin edi. Uchrashuv yakuniga kelib gol urish uchun ham vaziyat yuzaga kelgandi. Ammo ajoyib imkoniyat qo'ldan boy berildi. Hujumda muammolarga egamiz. Kam gol uryapmiz.
Bugun asosan ikkinchi raqam bilan o'ynab, "Loko"ni qarshi hujumda ushlash taktikasi bilan o'ynagandik. Ammo rejalarimiz to'liq ish bermadi.
"Paxtakor"ga qarshi o'yinga ham jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.



