Geynrixning goli "Aktobe"ga g'alaba keltirdi!

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2013, 23:21
Bugun Qozog'iston premer ligasida 18-tur o'yinlari yakunlandi.
Hamyurtlarimiz ishtirok etayotgan klublarning natijalari bilan tanishtiramiz. 

"Irtish" o'z uyida "Atirau"ni qabul qilib 1:0 hisobida zafar quchdi. O'yinda Ulug'bek Baqoev to'liq o'ynagan bo'lsa, Kamoliddin Murzoev maydonga tushmadi. "Irtish" 25 ochko bilan musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda.

"Irtish" - "Atirau"
Gol
: Chernishov, 58 (1:0)

"Jetisu" ham o'z uyida o'yin o'tkazdi. Klub "Ostona"ni qabul qilib durang qayd etdi - 1:1. O'yinda maydon egalari safida Shavkat Salomov 90 daqiqa harakat qilgan, Ruslan Melziddinov esa 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. "Jetisu" 18 ochko to'pladi va 8-o'ringa chiqib oldi.

"Jetisu" - "Ostono" 1:1
Gollar:
Kuat, 27 (0:1). Klimavichus, 32 (1:1)

"Aktobe" o'z maydonida "Taraz" ustidan qiyin o'tgan o'yinda g'alabaga erishdi - 3:2. G'alaba to'pini 86-daqiqada hamyurtimiz Aleksandr Geynrix kiritdi! Timur Kapadze to'liq o'ynagan bo'lsa, Geynrix 81-daqiqada maydonga tushirilgan. "Aktobe" 43 ochko bilan musobaqa jadvalida mutloq peshqadam bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rindagi "Ostona" hisobida 34 ochko mavjud.

"Aktobe" - "Taraz"
Gollar
: Xayrullin, 36 (1:0). Obiora, 38 (1:1). Davidov, 41-penaltidan (2:1). Vorotnikov, 78 (2:2). Aleksandr Geynrix, 86 (3:2)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia