"G'azalkent" ilk xorijiy yig'inga yo'l olmoqda

Aziz Tukhtamuradov
4 fev 2026
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan "G'azalkent" jamoasi o'z tarixida birinchi marta o'quv-mashg'ulot yig'inini xorijda o'tkazadi.

Shu maqsadda, jamoa Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketmoqda. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi

Klub 4 fevraldan 4 martga qadar Antaliyada bo'lib, yangi mavsumga tayyorgarlik ko'radi. U erda Zayniddin Tojiev boshchiligidagi jamoa a'zolari jismoniy va taktik holatini yaxshilash ustida ishlaydilar.

Shuningdek, yig'in davomida bir qator xorijiy klublar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Quyida jamoa o'tkazadigan nazorat uchrashuvlari ro'yxati keltirilgan:


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: t.me/gazalkent_fc