Gavining "Barsa" bilan yangi shartnomasi hali rasmiylashtirilmagan – u oshirilgan maosh olmaydi

Sherzod Nurmatov
17 yanv 2023, 18:30
Futbolchi klubga ishonadi.

"Barselona" hali ham Gavini asosiy tarkib futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazmagan.

"Barselona" sentyabr oyida ispaniyalik bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirganini, yangi kelishuv shartlariga ko'ra, uning maoshi oshirilishini e'lon qilgandi.

Dekabr oyida ma'lum bo'lishicha, kataloniyaliklar klubdagi maoshlar xarajati oshirib yuborilgani uchun Gavini asosiy tarkibga kirita olmagan, shu sabab u 6-raqamda o'ynashni istasa-da, 30-raqamda to'p tepmoqda.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, bu masala haligacha hal etilmagan. 18 yoshli xavbekning shartnomasi hali La Ligada qayd etilmagan, shu sabab Gavi yangi maosh olmaydi va asosiy tarkib o'yinchisining raqamini ololmaydi.

Biroq futbolchi va uning agenti bunga parvo qilmayapti – ular klubga to'liq ishonadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo