Gavi: "Ter Shtegen – klub afsonasi, uni hurmat qilish kerak"

Sherzod Nurmatov
1 avg 2025
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi jamoa darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jarohatidan so'ng asosiy tarkibdan tushib qolgani haqida fikr bildirdi.

"Mark – jamoaning birinchi sardori va yakunda qaror futbolchilarning ovozi bilan qabul qilinadi. U juda jiddiy jarohat olgandi. U jarohatdan tuzalgach, ko'ramiz, murabbiy bir qarorga keladi. Shubhasiz, Mark – klub afsonasi va uni hurmat qilish kerak", – dedi Gavi.

Oldinroq Mark-Andre ter Shtegen bel qismidan navbatdagi operaciyani boshdan kechirgandi. Germaniyalik darvozabonning tiklanishi 4 oygacha davom etishi mumkin. Bu ikkinchi shunday operaciya hisoblanadi. 2023 yil dekabr oyida unda umurtqalararo disk churrasi aniqlangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports