Gavi "Golden Boy" sovrinini yutgani haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
8 noya 2022
"Barselona" futbolchisi Gavi "Golden Boy" sovrinini qabul qilib olgani haqida gapirdi.

"Golden Boy" sovrinini yutish - men uchun katta fahr. Menimcha, har bir yosh futbolchi ushbu sovrinni yutishni istaydi.

Sovrinni qabul qilib olganimdan juda mamnunman. Shunday sovrinni Pedri ham, futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi Messi ham yutgandi", - dedi "Barsa" yarim himoyachisi.

"Golden Boy" sovrinini topshirish marosimi dushanba kuni Turinda bo'lib o'tdi. O'tgan mavsumda ushbu sovrinni "Barselona" futbolchisi Pedri qabul qilib olgandi. Leo Messi esa 2005 yili "Golden Boy" bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal