Gattuzoga Ukraina grandi taklif bilan chiqmoqda

Mirjalol Normatov
3 may 2021, 22:57
Jennaro Gattuzo ushbu mavsumdan keyin "Napoli" bosh murabbiyligidan ketishi mumkin.

"Area Napoli" xabariga ko'ra, uning xizmatlariga "Shaxtyor" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Ukraina klubi Luish Kashtru qo'l ostida jamoa juda yomon mavsumni o'tkazganidan mamnun emas va shu boisdan murabbiyning iste'fosini ko'rib chiqmoqda.

Jennaroni "Fiorentina" hamda "Tottenxem" bilan ham bog'lashmoqda. Mutaxassis klub prezidenti Aurelio Di Laurentis bilan urushib qolgani uchun navbatdagi mavsumda ham ushbu jamoada ishlashi so'roq ostida bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Area Napoli