Gattuzo "Milan"dagi qolgan maoshidan voz kechdi

Aslanov Jasurbek
28 may 2019, 14:33
"Milan"dan ketishga qaror qilgan mutaxassis Jennaro Gattuzo u 2021 yilgacha tuzilgan shartnomasi bo'yicha qolgan maoshini olmaslikka qaror qildi.

"Ha, bu haqiqat. "Milan"dagi hikoyam hech qachon pul bilan bog'liq bo'lmagani uchun bu qarorni qabul qildim" - deydi Gattuzo.

Gattuzo 2017 yildan beri "Milan"ni boshqarayotgan edi. Italiyalik mutaxassis 1999-2012 yillarda futbolchi sifatida rossonerlar sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Repubblica