Gattuzo: "Milan" - "Lacio" o'yini Chempionlar ligasi uchun final bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
9 apr 2019, 10:43
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Lacio"ga qarshi bo'lib o'tadigan A Seriyaning 32-tur bahsi haqida fikr bildirdi.

"Lacio"ga qarshi bahs final bo'ladi. Agar Chempionlar ligasida o'ynashni istasak, mag'lub bo'lishga haqqimiz yo'q. Maksimal ochko olishimiz lozim.

"Yuventus" bilan yaxshi o'ynadik. Bazi bahsli vaziyatlarda raqib foydasiga qaror chiqarildi, ammo oldinga qarashimiz kerak.

Pentek chempionatni to'purar bo'lib yakunlashiga umid qilaman, ammo buning uchun butun jamoa unga ishlashi kerak" - deydi Gattuzo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia