Gattuzo Fransiyada ish boshlashi mumkin

Mirjalol Normatov
4 avg 2019, 16:13
"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Nant" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

"Soccerlink" xabariga ko'ra, u bir necha kun oldin o'z xohishi bilan jamoani tark etgan Vohid Halilxojichning o'rnini egallashi kutilmoqda.

"Nant" bu borada Gattuzoga taklif bilan chiqqan. Agarda u bunga rozilik bermasa, klub jamoaning sobiq futbolchisi Stefan Dzianiga taklif bilan chiqadi.

Gattuzo o'tgan mavsumda jamoani YCHLga olib chiqa olmagani uchun iste'foga chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Soccerlink