Gattuzo “Fiorentina”ni APL klubi tufayli tark etdimi?

Eldor Akmurzayev
17 iyun 2021, 21:15
Avvalroq, Jennaro Gattuzo “Fiorentina”dan ketgani haqida xabar bergandik.

U 25 may kuni jamoa ustoziga aylanib, rasman 1 iyulda o'z faoliyatini boshlashi kerak edi. Biroq, tomonlar kelisha olmadi.

The Athletic manbasiga ko'ra, Gattuzo "Tottenxem"ni boshqarishga yaqin turibdi. “Shporlar” "Roma" sobiq ustozi Paulu Fonseka bilan muzokaralar to'xtab qolgani tufayli e'tiborini Jennaroga qaratdi.

43 yoshli italiyalik tez orada London klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Athletic