

Manbaning xabariga ko'ra, 43 yoshli mutaxassis Italiya chempionati tugagandan so'ng neapolliklarni tark etib, "Vulverxempton"ni boshqarishi mumkin. Bundan tashqari, OAVda Gattuzoga Rimning "Lacio"si tomonidan qiziqish borligi haqida ma'lumotlar mavjud.
Eslatib o'tamiz, italiyalik 2019 yilda "Napoli" bosh murabbiyiga aylangandi. Joriy mavsumda uning boshchiligidagi jamoa 27 uchrashuvda 53 ochko to'plab, A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.



