Gattuzo bugun "Marsel" bilan shartnoma imzolashi mumkin
Omonjon To`xtamirzayev
27 sen 2023, 14:10
Jennaro Gattuzo yaqin soatlar ichida rasman "Marsel" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
Bugun mutaxassis va uning shtabi vakillari kelishuvni rasmiylashtirish uchun Marsel shahriga uchib borishadi. Takidlanishicha, italiyalik murabbiyning "Olimpik"dagi ilk mashg'ulotlar jadvali tasdiqlab ham ulgurilgan.