Gattuzo 2 nafar futbolchisini mashg'ulotlardan chetlatdi

9 noya 2020, 08:50
“Napoli” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya A seriyasi 7-turida “Bolonya” (1:0) ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirarkan, uchrashuv qaydnomasidan o'rin olmagan ikki futbolchi Mario Ruy va Fauzi Gulyam haqida to'xtaldi.

“Ular tribunada qolishdi, chunki kechagi mashg'ulotlarda ular sovqotib qolishdi. Shunga qaramay men ularni o'zimiz bilan birga olib keldim, chunki ularni uyida qoldirib, divanda kino ko'rib o'tirishlariga qo'yib berish ham yaxshimas”, deya Gattuzoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia. 

“Bolonya”ga qarshi bahs haqida esa murabbiy shunday dedi: “Hozir menga Skudetto yo'lida raqiblarni osonlik bilan engayotganligimiz haqidagi suhbatlar yoqmaydi. Hamma o'zini bosvolishi kerak. Albatta bizda kuchli jamoa bor. Ammo jamoani kuchi mavsumning yarmi bilan o'lchanmaydi.

Hozir ko'pchilik insonlar menga qanday ishlashim kerakligini o'rgatmoqchi bo'lishadi. Ilgari ular men 4-3-2-1 sxemasida o'ynamaganligimdan nolishgandi, so'ngra ular 4-3-3 sxemasida harakat qilish kerakligimizni istashdi. Bu mening javobgarligim va qarorlarni men qabul qilaman”.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia