Gaston Ramires "Galatasaroy"ga o'tishi mumkin

Tolibjon Qosimov
31 okt 2013
"Galatasaroy" "Sautgempton" yarim himoyachisi Gaston Ramiresga qiziqmoqda.
Urugvaylik futbolchi klub bosh murabbiyi Maurisio Pokettinoga asosiy tarkibga loyiq ekanligini isbotlay olmayapti. Bu mavsumda Gaston Premer-Ligada bironta to'liq o'yin o'tkazgani yo'q.

Ramiresga "Napoli", "Inter" va "Lacio" ham qiziqmoqda. Uning transfer narxi 9 million funtga baholanmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru