Garnacho Saudiya Arabistoni klubiga o'tishdan bosh tortdi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2025
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Alexandro Garnacho "Al Nassr"ga o'tmaydi.

Bu haqda jurnalist Mayk Makgrat xabar bermoqda.

Garnacho Yevropada o'ynashni xohlayotgani ma'lum bo'ldi. "Al Nassr" vakillari yarim himoyachi bilan bog'landi, biroq u rad javobini berdi.

"Manchester Yunayted" rahbariyati futbolchiga yangi klub izlashga ruxsat berdi.

Garnacho o'tgan mavsum mankunianliklar safida APLda 36 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian