

Mashg'ulotni 3 mingga yaqin muxlis tomosha qildi. Eslatib o'tamiz, 40 yoshli angliyalik murabbiy bilan 2016 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma tuzilgan.
Nevill 1992-2011 yillarda MYUda o'ynagan. U Angliya terma jamoasi safida 85ta o'yin o'tkazgan va hozir Roy Xojsonning yordamchisi bo'lib ishlamoqda. Nevill ingliz televideniesida ekspert sifatida ishlab kelayotgandi. Valensiya murabbiylar shtabida uning ukasi Fil Nevill ham ishlaydi.
Gari Nevill klubdagi ilk uchrashuvni YCHL 6-turi doirasida Lionga qarshi o'tkazadi.





