
"O'ylashimcha, hech qachon van Galning jamoasi bunchalik yomon paslarni amalga oshirmagan. Bu shunchalik g'alati ko'rindiki, xatto kulgiga sabab bo'ldi. Men xafa bo'lganimdan kuldim. Shunchaki buni miyyaga sig'dirib bo'lmasdi, "Yunayted" ortga pas berayotganda necha marta to'pni yo'qotdi.
Himoya haqida unuting. Yang va Valensiya o'z joylarida o'ynashmayapti. Himoya yosh va boshqa poziciyada o'ynovchi futbolchilardan tashkil topgan. Nega bunchalik yomon o'ynashayotganini tushunish mumkin. O'yinchilar o'zlariga ishonmay harakat qilishdi, bundan van Galning o'zi ham xayron bo'lgani aniq. Jamoa uchinchi o'ringa chiqqanidan xursand bo'lsa kerak, ammo o'z o'yini bilan meni afsuslantirdi" - deydi Nevill.