Gari Nevill: "Kevin De Bryuyne menga Devid Bekxemni eslatib yubormoqda"

Aslanov Jasurbek
10 sen 2017, 18:14
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi, hozirda telefideniyada futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Gari Nevill "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuynening o'yinini maqtadi.

"De Bryuyne ajoyib sifatlarga ega. Men fantastik uzatmalar amalga oshiradigan Devid Bekxem bilan bir jamoada o'ynaganman va Kevin menga uni eslatib yuboryapti. Belgiyalik hammasini juda aniq bajarmoqda. Uning uzatmalari yerda yotgan tangani aniq poylayotgandek tasavvur uyg'otayapti" - deydi Nevill.

De Bryuyne joriy mavsum APLning 4 ta uchrashuvida 2 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports