Gari Lineker: "Mbappe xet-trik qilmasa, titulni Messi yutadi"

Mirjalol Normatov
18 dek 2022, 16:47
Gari Lineker JCH-2022 finalidagi imkoniyatlar haqida gapirdi.

"Agarda Mbappe finalda xet-trik qilmasa yoki o'zgacha nimadir amalga oshirmasa, titulga ega chiqadi. "Oltin butsa" esa boshqa narsa, buni birgina gol hal qilishi mumkin.

Menimcha, Messi turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida qayd etiladi. U so'nggi yillarda barqaror o'yin ko'rsatmoqda. Mbappe esa ko'plab ajoyib uchrashuvlar o'tkazdi, muxlislarga bir qancha quvonchli onlarni sovg'a qildi, biroq Messi kabi emas. U  chorak va yarim finalda zo'r o'ynagani yo'q.

Mbappe Marokash darvozasiga urilgan ikkinchi golda mo'jizaviy ish qildi, Messi esa bunday ishlarni butun turnirda amalga oshirdi", - dedi Lineker.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal