Garet Sautgeyt: "O'yin natijasidan qoniqdim"

Narzulla Saydullayev
9 okt 2016, 10:21
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Garet Sautgeyt JCH-2018 saralashi doirasidagi Maltaga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik, ko'proq gol urishimiz kerak edi. Tanaffusdan so'ng futbolchilarim jismoniy tomonlama u qadar yorqin ko'rinishmadi.

Bir nechta ajoyib imkoniyatlarni ko'kka sovurdik, ammo umuman olganda natijadan qoniqdim", - deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com