Garet Beyl Uels tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi

Tolibjon Qosimov
22 mar 2018, 19:51
Bugun Xitoy va Uels milliy terma jamoalari o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.

Bu haqda biroz oldin xabar bergan edik.

Ana shu bellashuvda Rayan Giggz boshchiligidagi Uels tarkibida Garet Beyl xet-trik qayd etdi. Bu "Real" yulduzining terma jamoadagi birinchi xet-triki.

Shu tariqa, Beyl Uels terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanib oldi. Uning termadagi gollari soni 29taga etdi va u afsonaviy Ian Rash (28 gol)dan o'tib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia