Garet Beyl: "Umid qilamanki, keyinchalik ham barchasi yaxshi bo'ladi"

Tolibjon Qosimov
31 okt 2013, 13:57
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl "Sevilya"ga qarshi o'yindan (7:3) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Butun o'yin davomida o'zimni yaxshi his qildim. Bundan keyin ham o'z ustimda ishlashda davom etib eng yaxshi sport formamga kirmoqchiman.

Jamoa juda yaxshi o'ynadi, keyingi o'yinlarda ham shunday bo'lishini kutaman.

"Real" ko'p gol urdi, stadiondagi muhit ajoyib bo'ldi. Asosiysi bugun biz uch ochkoni qo'lga kiritdik", – deydi Beyl.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru