Garet Beyl: “Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o'ynash o'zgacha lazzat baxsh etadi”

Tolibjon Qosimov
13 noya 2013, 16:45
“Real” klubi yarim himoyachisi Garet Beyl, yaqin orada o'yini yanada yaxshilanib ketishini aytib o'tidi.

“Men yaqindagina tayyorgarlik mashg'ulotlarini yakunladim va hozirda o'zimni ko'rsatishga tayyorman. Yanada ko'proq gol urib jamoaga yordam beraman. 100 foizlik tayyorgarlikka erishish ma'lum bir vaqt talab etadi.

Menga qiyin bo'layotganini barcha yaxshi bilayapti. Biroq men to'xtab qolmayman va o'z ustimda ishlashda davom etaman.

Krishtianu Ronaldu bilan o'ynash? U ajoyib o'yinchi va har haftada xet-trikni amalga oshiradi. U bilan bir jamoada o'ynash o'zgacha lazzat baxsh etadi”, - deya ta'kidladi Beyl.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru