Garet Beyl: "Kardiffda bo'ladigan Superkubok o'yinini sabrsizlik bilan kutmoqdaman"

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2014, 23:23
"Real" futbolchisi Garet Beyl Uelsda "Sevilya"ga qarshi bo'lib o'tadigan UEFA Superkubogiga tayyorgarlik ko'rayotganini aytib o'tdi.

"Men sabrsizlik bilan "Kardiff Siti Stedium"da bo'lib o'tadigan o'yinni kutmoqdaman. U yerda men do'stlarim va oilam oldida o'ynay olaman.

Shahar so'nggi yillarda o'zgargan. U yerda bir qancha jahon darajasidagi musobaqalar o'tkazildi. Superkubok - Uels poytaxtini ko'z-ko'z qilish uchun yana bir imkoniyatdir", - deydi Beyl.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru