Gasperini: "Chempionlar Ligasini "Real" yutishini istayman"

Omonjon To`xtamirzayev
30 may 2024
"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini Chempionlar Ligasi finalida kimga muxlislik qilishini aytib o'tdi.

"Real"dan umidim katta. "Borussiya"ga hech qanday xusumatim yo'q, tushuning. Biz ular bilan bir necha yil avval Yevropa Ligasi finalida ro'baro kelgandik, lekin Varshavada 14 avgustga rejalashtirilgan UEFA Superkubogi uchun "Real" bilan bellashish eng ideal variant bo'lardi.

Eslatib o'tamiz, UEFA Superkubogi uchun Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi g'oliblari kuch sinashadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com