Gamshik A Seriyaga qaytishi mumkin

Alisher
22 iyun 2019, 15:44
"Napoli" yarim himoyachisi Marek Gamshik faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, futbolchining xizmatlariga rimliklarning yangi bosh murabbiyi Paulu Fonseka qiziqmoqda. "Roma" Gamshik o'rniga Xaver Pastoreni taklif qilmoqchi.

31 yoshli slovakiyalik yarim himoyachi Bratislavaning "Slovan" klubi tarbiyalanuvchisi va faoliyatini aynan shu klubda boshlagan. 2004 yilda Italiyaning "Breshia" klubiga o'tgan. 2007 yilda "Napoli" futbolchini sotib olgan va ayni shu paytdan boshlab Slovakiya terma jamoasiga chaqiriladigan bo'ldi.

Gamshik shu yildan e'tibor "Dalyan Ifan" futbolchisi sanaladi.

O'yinchi joriy mavsum barcha turnirlarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Repubblica