Galte va Kampush PSJ futbolchilariga qanday vazifa qo'ygani aytildi

Mirjalol Normatov
21 avg 2022, 00:11
PSJ rahbariyati jamoaning ushbu mavsum chempionatda umuman mag'lub bo'lmasligini istamoqda.

Klub bosh murabbiyi Kristof Galte va uning yordamchisi Luish Kampush futbolchilar bilan suhbatda yillik vazifa mamlakat chempionatida birorta mag'lubiyat qayd etmaslik kerakligini aytib o'tishgan.

PSJ Fransiya chempionatining dastlabki turida "Klermon"ni 5:2, 2-turda esa "Monpele"ni 5:0 hisobida mag'lub etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Parisien