"Galatasaroy" Saloh bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda

Sherzod Nurmatov
14 okt 2025, 12:13
Istanbulning "Galatasaroy" jamoasi 33 yoshli misrlik vinger Muhammad Salohni safiga qo'shib olmoqchi.

Bu haqda "Nefes" xabar berdi.

Turkiya grandi misrlik futbolchi "Liverpul"ni tark etsa, u bilan shartnoma imzolash harakatiga tushadi. Ular hatto yanvar oyidayoq misrlikni sotib olishni o'ylashmoqda.

Saloh "Liverpul"ga 2017 yilda kelib qo'shilgandi.

Bungacha u Italiyaning "Roma" va "Fiorentina", Angliyaning "Chelsi", Shveytsariyaning "Bazel", o'z mamlakatining "Mokavlun" jamoalarida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Nefes