

Musobaqada qatnashuvchi barcha jamoalar yakuniy ro'yxatlarini e'lon qilishdi. Ro'yxatdan o'rin olgan eng yosh futbolchi angliyalik Markus Reshford ekani haqida xabar berdik.
Fransiyaga boradigan futbolchilar orasida eng qarisi bu vengriyalik darvozabon Gabor Kirali hisoblanadi. 1976 yil 1 aprel kuni tug'ilgan posbon 40 yoshida qita chempionatida ishtirok etadi.
Kirali bilan bir yilda tug'ilgan Shey Given ham Fransiyaga boradi. Given vengriyalik darvozabondan 19 kunlik kichik.
Ma'lumot uchun, Yevropa chempionatlarida maydonga tushish bo'yicha rekordchi Lotar Matteus hisoblanadi. Germaniyalik futbolchi 39 yosh 91 kunligida qita chempionatida maydonga tushgan. Demak, Given va Kirali Yevropa chempionatlarida maydonga tushgan eng qari futbolchiga aylanishlari mumkin.



