Futzal. Yaponiya birinchi finalchi!

Narzulla Saydullayev
9 fev 2018, 14:33
Xitoy Taypeida futzal bo'yicha Osiyo chempionatida dastlabki finalchi ma'lum bo'ldi.

Yaponiya va Iroq o'rtasidagi yarim finalda "samuraylar" 3:0 hisobida g'alaba qozonib qita chempionati finaliga yo'llanma olishdi.

Iroq esa uchinchi o'rin uchun bahsda ishtirok etadigan bo'ldi.

OCH-2018. Yarim final
Iroq - Yaponiya 0:3
Gollar:
Kaoru Morioka 1, Ryosuke Nishitani 6, Yuki Murota 19


Ikkinchi yarim final bahsi Eron va O'zbekiston o'rtasida o'tadi. Bu uchrashuv bugun, Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia