Futzal. Vetnam va Tailand jahon chempionatining so'nggi ikki ishtirokchisi

Xayrulla Xoliqov
26 may 2021, 00:11
Shunday qilib Litvada bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha jahon chempionatida qatnashadigan barcha 24 terma jamoa nomi ma'lum bo'ldi.

Osiyo pley off o'yinlarida Iroq - Tailand va Vetnam - Livan jamoalari o'zaro kurash olib borishdi. Uy-mehmon tarzida bo'lib o'tgan bahslar natijasiga ko'ra, Tailand bilan Vetnam o'z maqsadlariga yetib, JCH yo'llanmasiga ega bo'lishdi. 

20 may. Iroq - Tailand 2:7; Vetnam - Livan 0:0

25 may. Tailand - Iroq 4:0; Livan - Vetnam 1:1

Litvada bo'lib o'tadigan jahon chempionati 12 sentyabr kuni start oladi va 3 oktyabrga qadar davom etadi. Musobaqa uchta shaharda - Vilnyus, Kaunas hamda Klaypedada tashkil etiladi. Jamoalar to'rttadan 6 guruhga bo'linadi.

Futzal bo'yicha JCH-2021 ishtirokchilari: 

Yaponiya

Eron

O'zbekiston

Tailand

Vetnam

Angola

Misr

Marokash

Argentina (amaldagi chempion)

Braziliya

Paragvay

Venesuela

Solomon orollari

Litva (mezbon)

Qozog'iston

Portugaliya

Rossiya

Ispaniya

Chexiya

Serbiya

Kosta-Rika

Panama

Guatemala

AQSH

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com