Futzal. Sarvar Shoahmedov "Olmaliq" a'zosi

Narzulla Saydullayev
13 noya 2016
Ertaga futzal bo'yicha 2016-2017 yilgi mavsumga start beriladi.

Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Olmaliq" chempionat oldidan tarkibini bir qator o'yinchilar bilan kuchaytirib oldi. Avvalroq Artur Yunusov, Farhod Abdumavlonov va Dilshod Irsalievlarni tarkibga qo'shib olgan olmaliqliklar yaqinda Sarvar Shoahmedovni ham jalb qilishdi. 2 mavsum "Lokomotiv"da to'p tepgan Sarvar yangi mavsumni Aleksandr Petrov qo'l ostida o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda yakuniga etgan "Assotsiatsiya kubogi" musobaqasida Shoahmedov Bekobodning "Metallurg" klubida o'ynagan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia