Futzal. Qo'shnilarimiz ham Toshkentga yetib kelishdi

Tolibjon Qosimov
11 sen 2024, 13:59
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo'yicha Jahon chempionati ishtirokchi terma jamoalarining musobaqaga tashrifi davom etmoqda.

Bugun, 11 sentyabr kuni Tojikiston milliy terma jamoasi Toshkentga yetib keldi.

O'FA va mahalliy tashkiliy qo'mita vakillari Tojikiston milliy terma jamoasi delegaciyasini kutib oldi hamda odatga ko'ra mehmonlarga esdalik sovg'asi sifatida milliy do'ppimiz sovg'a qilindi.


Eslatib o'tamiz, Tojikiston mundialning "E" guruhida Portugaliya, Panama hamda Marokashga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати