Futzal. Pulpis jamoasidan g'alaba, Erondan 14:0

Narzulla Saydullayev
2 fev 2018
Xitoy Taypei mamlakatida futzal bo'yicha Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.

Bugun ikkita guruhda 1-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

O'zbekiston terma jamoasi sobiq ustozi Xose Mariya Mendez (Pulpis) boshchiligidagi Tailand ilk turda Iordaniyani 5:1 hisobida taslim qildi. Ushbu guruhdan o'rin olgan Qirg'iziston - Livan uchrashuvida durang qayd etildi - 2:2.

Osiyoning amaldagi chempioni Eron esa Myanma darvozasiga javobsiz 14ta gol urdi. Iroq va Xitoy o'rtasidagi bahsda arablar 4:2 hisobida zafar quchishdi.

Ertaga musobaqaning 2-tur bahslari start oladi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Tojikiston bilan o'ynaydi.


"C" guruhi
Iroq - Xitoy 4:2
Gollar: 
Jabar 23, 28, Dahel 39 penalti, Hamid 40 - Gu Xaitao 6, Zao Liang 11

Eron - Myanma 14:0
Gollar:
Hassanzoda 1, 4, 8, 39, Javid 1, 8, 22, 31, Toyibi 6, 8, 15, Alig'adr 7, Ahmad Abbosi 35, Oladg'obad 37.


"D" guruhi
Qirg'iziston - Livan 2:2
Gollar: 
Alimov 16, Imanbekov 34 - El Din 21, 28

Tailand - Iordaniya 5:1
Gollar
: Apivat 6, 18, Jiravat 9 penalti, Jetsada 32, Kritsada 35 - Abu Shaixa 20



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia