Futzal. "Paxtakor" mashg'uloti + VIDEO

Tolibjon Qosimov
15 okt 2014, 18:15
Hademay futzal mavsumi ham start oladi.
Biz esa jamoalarning tayyorgarlik jarayonini imkon qadar yoritib borishda davom etamiz. Bu safar "Paxtakor" klubining mashg'ulotiga tashrif buyurdik.

Assotsiatsiya kubogidan so'ng jamoalar o'tgan hafta mashg'ulotlarga kirishishdi. "Paxtakor"ning qisqa tanaffusdan keyingi ilk mashg'ulot jarayonini tasvirga tushirdik. O'tgan hafta bo'lib o'tgan birinchi mashg'ulotda murabbiy Ravshan Rajabov engil yugurishdan so'ng faqatgina o'zaro o'yin bilan cheklandi, chunki o'yinchilardagi charchoqni tarqatish uchun og'ir yuklamalardan foydalanmaslik maqsad qilingan edi. Shu kuni mashg'ulotlarda Elyor Samadov, Nodir Isroilov, Ilnar Baxtiev, Maxkam Nigmatov, Zuhriddin Ziyomuhamedov, Iskandar Xolmatjonov, Ilhom Rajabov, Aleksandr Kartauzov, Aleksey Laktionov, Davron Turanov, Miravaz Xidoyatov, Artur Aminov, Akbar Usmonov kabi futzalchilar, bundan tashqari, "Lokomotiv" darvozaboni Oleg Tukmakov ham "sherlar" bilan birga shug'ullandi. Sababi, "temiryo'lchilar" hali yig'inni boshlashmagan edi.

"Paxtakor" mavsumga klublarning tayyorgarlik jarayonini tekshirib olishllari uchun o'tkazilgan Assotsiatsiya kubogida finalga qadar yetib borgan edi


Operator: Zoir Tursunboev


Sifatli turi


mobil turi




Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia