Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Tailanddagi xalqaro turnirda qatnashadi

Tolibjon Qosimov
14 iyul 2021, 16:24
Xabaringiz bor, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Litva mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Yaqinlashib kelayotgan mundialga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida futzal terma jamoamiz 25-30 iyul kunlari Tailandda tashkil etiladigan xalqaro futzal turnirida ishtirok etadi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari musobaqaning guruh bosqichi doirasida Tailand, Kosova va Mozambik vakillari bilan o'zaro kuch sinashadi.

Rejaga ko'ra futzalchilarimiz Toshkentda davom etayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inini tamomlab, 19 iyul kuni Bangkok shahriga yo'l oladi.


"Sontinental" xalqaro futzal turniri

A guruhi

1-tur | 25.07.2021

O'zbekiston – Kosova

2-tur | 26.07.2021

Mozambik – O'zbekiston

3-tur | 27.07.2021

Tailand – O'zbekiston


B guruhi

Eron

Misr

Tojikiston

Litva


Guruhlarda birinchi va ikkinchi o'rinni olgan jamoalar yarim finalga yo'l olishadi. 1/2 finalda yutganlar finalda, mag'lub bo'lganlar esa uchinchi o'rin uchun bahs olib boradilar.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати