Futzal. O'zbekiston terma jamoasi qirg'iz klubini mag'lub etdi
Aslanov Jasurbek
27 fev 2023, 23:36
O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Toshkentdagi yig'in doirasida Qirg'iz Respublikasining “Agro Style” klubiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.
Uchrashuvda Bahodir Ahmedov shogirdlari 5:1 hisobida g'alaba qozondilar. Jamoamizning gollariga Shahram Fahriddinov, Muzaffar Ahadjonov, Sunnatilla Jo'raev, Xayrulla Solihov va Elbek To'lqinov mualliflik qildi.