

Bugun yangi mavsumga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Aytish kerak, bu mavsum oliy ligada 12ta jamoa ishtirok etadi. Bular – Bunyodkor, Neftchi, So'g'diyona, Nasaf, Navbahor, Maksam-Chirchiq, Lokomotiv, AGMK, Paxtakor, Buxoro, Metallurg, Dinamo.
Qur'aga ko'ra, Bunyodkor chempionatning ilk uchrashuvida Neftchiga qarshi o'ynaydigan bo'ldi. Mazkur bahs 1 aprel kuni 14:00da boshlanadi. Xuddi shu kuni yana ikki o'yin o'tkaziladi. So'g'diyona - Nasaf, Navbahor - Maksam-Chirchiq bellashuvlari 16:00 va 18:00ga belgilangan.
Bunyodkor 1-turning yana ikki bahsini Nasaf (2 aprel), Maksam-Chirchiqqa (3 aprel) qarshi o'tkazadi. Chempionatning 1-tur uchrashuvlari 1-6 aprel kunlariga belgilangan.
Takidlash joiz, uchrashuvlar poytaxtimizdagi O'zbekiston sport majmuasida o'tkaziladi.
Superliga. Futzal. 1-tur juftliklari
1 aprel
14:00 - "Bunyodkor" - "Neftchi"
16:00 - "So'g'diyona" - "Nasaf"
18:00 - "Navbahor" - "Maksam-Chirchiq"
2 aprel
14:00 - "Bunyodkor" - "Nasaf"
16:00 - "So'g'diyona" - "Maksam-Chirchiq"
18:00 - "Navbahor" - "Neftchi"
3 aprel
14:00 - "Bunyodkor" - "Maksam-Chirchiq"
16:00 - "So'g'diyona" - "Neftchi"
18:00 - "Navbahor" - "Nasaf"
4 aprel
14:00 - "Lokomotiv" - AGMK
16:00 - "Paxtakor" - "Buxoro"
18:00 - "Metallurg" - "Dinamo"
5 aprel
14:00 - "Lokomotiv" - "Buxoro"
16:00 - "Paxtakor" - "Dinamo"
18:00 - "Metallurg" - AGMK
6 aprel
14:00 - "Lokomotiv" - "Dinamo"
16:00 - "Paxtakor" - AGMK
18:00 - "Metallurg" - "Buxoro"



